Yangiliklar

O‘zbekistonda 23-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
23-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Pexels

23-aprel kuni O‘zbekistonda ob-havo beqaror bo‘ladi. Kunduzi aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi. Havo harorati 18–23 darajagacha isiydi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zan momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20–22 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sel va suv toshqinlari xavfi bor. Bu hududlarda shamol ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 10–15 daraja atrofida bo‘ladi.

Kursiv Uzbekistan nashri 22-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.