
Buxoro viloyatida tug‘ilganiga uch kun bo‘lgan chaqaloqni $4 mingga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, ona 2008-yilda tug‘ilgan.
Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 6-aprel kuni o‘tkazilgan tadbir davomida chaqaloq savdosining oldi olingan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan summaning bir qismini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shartli mijozdan $800 olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi «B» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda 717 mln so‘mlik baliq ovlaganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.