Yangiliklar

Bir qator tuman hokimlarining lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Prezident tanqid qildi
Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlari lavozimidan olindi
Foto: depositphotos

Prezident ayrim rahbarlar tadbirkor muammosini hal qilish o‘rniga mas’uliyatdan qochayotganini tanqid qildi. Qayd etilishicha, ayrim hollarda muammoni yechish o‘rniga, uning yuqori darajaga chiqib ketgani bilan shug‘ullanilmoqda.

Masalan, Nurafshon shahrida tadbirkor ikki yildan beri qurilishni boshlay olmayapti. Biroq hokim muammoni hal qilish o‘rniga, ma’lumot qanday qilib prezident darajasiga yetib borganini aniqlash bilan band bo‘lgan.

Shuningdek, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarida tadbirkorlik infratuzilmasi uchun ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilmagan. Bu tumanlarga joriy yilda respublikadan 262 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, loyihalar hali boshlanmagan.

Tegishli viloyatlar hokimlariga nomi aytilgan tuman hokimlari «aravasini torta olmayotgan bo‘lsa», bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning turizm eksporti $1,1 mlrdni tashkil etgani xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon mamlakatga qariyb 3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Rasmiylarga ko‘ra, bunday yuqori natijalarga «turistik relokatsiya» omili ham ta’sir ko‘rsatmoqda.