Yangiliklar

Dollar haftani kichik o‘shish bilan boshlaydi

24-aprel kuni 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qilgan edi
Dollar haftani kichik pasayish bilan boshlaydi
Foto: Depositphotos

27-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

20-aprel kuni esa 6,78 so‘mga tushib, 12 128,46 so‘mni tashkil qildi. 21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m, 22-aprel kuni esa 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘m bo‘ldi. Dollar payshanba kuni ham pasayishni ko‘rsatib, 23-aprel kuni 12 042,49 so‘mga (-18,06 so‘m) tenglashdi. 24-aprel kuni 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 3,13 so‘mga tushib, 14 048,33 so‘mni, rubl esa 1,53 so‘mga tushib, 168,77 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.