Yangiliklar

Ikkita O‘zbekiston kompaniyasi YI sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi

YI bu kompaniyalarni Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini bilvosita qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda
Ikkita O‘zbekiston kompaniyasi YI sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi
Foto: Pexels

Farg‘ona kimyo zavodi va Jizzaxda faoliyat yuritadigan «Raw Materials Cellulose» MChJ kompaniyalari Yevropa Ittifoqining (YI) sanksiyalar ro‘yxatiga kirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Farg‘ona kimyo zavodi» MChJ paxta sellyulozasi ishlab chiqaradi. YI hujjatlarida ushbu mahsulot Rossiyadagi ayrim korxonalarga yetkazib berilgani qayd etilgan. Bu korxonalar esa uni harbiy maqsadlarda, xususan, porox ishlab chiqarishda ishlatgani aytilmoqda.

Ekran tasviri: https://eur-lex.europa.eu/

Shuningdek, «Raw Materials Cellulose» MChJ ham sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu kompaniya Jizzax viloyatida faoliyat yuritadi va paxta sellyulozasi ishlab chiqaradi. YI ma’lumotlariga ko‘ra, u mahsulotni Rossiyadagi harbiy-sanoat korxonalariga yetkazib bergan.

Ekran tasviri: https://eur-lex.europa.eu/

YI bu kompaniyalarni Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini bilvosita qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Shu sababli ularga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilgan.

SHuningdek, YI tomonidan kengaytirilgan sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shiqchi Timati (Timur Yunusov) ham kiritilgan. U Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarini ochiq qo‘llab-quvvatlagani, Kremlga yaqin targ‘ibot g‘oyalari va ramzlarini tarqatgani hamda shaxsan janglarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgani uchun tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yevropa Ittifoqida migrantlar soni rekord darajaga yetgani haqida yozgan edi.