Avto

Mazda CX-6e avtomobilining yangi versiyasi taqdim etildi

Tashqi ko‘rinishda model deyarli o‘zgarmagan
Mazda CX-6e yangi versiyasini taqdim etdi
Foto: Mazda

Mazda 2026-yil Pekin avtosaloni arafasida Mazda CX-6e krossoverining yangi maxsus versiyasini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi versiya ikki xil konfiguratsiyada taklif etiladi. To‘liq elektr varianti 145,9 ming yuan, ya’ni taxminan $21,4 mingdan boshlanadi va 600 kmgacha yurish zaxirasiga ega. Gibrid EREV versiyasi esa 139,9 ming yuan, ya’ni $20,5 ming atrofida baholanib, elektr rejimida 200 km masofani bosib o‘tadi.

Foto: Mazda

Tashqi ko‘rinishda model deyarli o‘zgarmagan. Avtomobil aerodinamik samaradorlikka urg‘u berilgan dizaynni saqlab qolgan. Uning qarshilik koeffitsiyenti 0,258 Cdni tashkil etadi, bu esa zamonaviy elektromobillar orasida yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Asosiy yangilik salon dizaynida kuzatiladi. Endi avtomobil ichki qismi binafsha va oq rang kombinatsiyasida taqdim etiladi. Shuningdek, 26,45 dyuymli 5K displey va kengaytirilgan head-up display tizimi ham standart jihozlar qatoriga kiritilgan.

Foto: Mazda

Texnik jihatdan model 190 kVt quvvatga ega elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal tezligi 185 km/soatga yetadi. Shassi tizimida old tomonda McPherson, orqa qismida esa ko‘p bog‘lamli osma ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Mazda 2 va CX-3 avtomobillari qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.