
25-aprel kuni respublikada asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ba’zi hududlarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Shimol va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamol 15–20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 26–31 daraja bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 28–30 darajani tashkil etadi. Shamol 3–8 m/s atrofida esadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda harorat 17–22 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Ekofaol fuqaro» maqomini berish tartibi belgilangani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, mazkur maqom har chorakda o‘tkaziladigan tanlov asosida beriladi. Har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.