Yangiliklar

Eng qimmat 2026 Chevrolet Equinox va kurash bo‘yicha jahon chempionati — 25-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar

25-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida
Foto: depositphotos.com

Eng qimmat 2026 Chevrolet Equinox narxi 46,5 ming dollarga yetdi, O‘zbekiston kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbon bo‘lishi mumkin — 25-aprel kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Dam olish kunlari 23 ta bankda valyuta ayirboshlash mumkin — ro‘yxat

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Foto: Depositphotos

25 − 26-aprel, shanba va yakshanba kunlari 23 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:

Saida Mirziyoyeva Samarqandda ichimlik suvi va ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Samarqandda ichimlik suvi va ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva davlat rahbari topshirig‘i bilan Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda u Telegram-kanali orqali xabar berdi.

Toyloq tumanida mahallalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari ko‘zdan kechirildi. Suv tarmoqlari yangilanib, aholiga qulay sharoit yaratish choralari ko‘rilayotgani qayd etildi.

27-apreldan Toshkentda 20 va 40-avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

134-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi
Foto: Transport vazirligi

2026-yil 27-apreldan boshlab 40-sonli «Sergeli 12-dahasi – Toshkent vokzali» yo‘nalishining vokzal tomon harakati o‘zgartiriladi. Endi avtobus Qipchoq ko‘chasidan Sergeli yo‘li va Obihayot ko‘chalari orqali harakatlanadi. Yo‘nalish ko‘prik orqali o‘tadi va ortga burilmaydi.

Shu kundan boshlab 20-sonli «Ibn Sino 1-mavzesi – Gulobod ko‘chasi» yo‘nalishi ham uzaytiriladi. Avtobus Gulobod ko‘chasidan Saqichmon va Zarqaynar ko‘chalari orqali Chorsu metrosigacha qatnaydi.

Toshkentda korxona rahbaridan 8 ming dollar talab qilgan elektr muhandislari qo‘lga olindi

Toshkentda elektr muhandislarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Ekran tasviri / Davlat xavfsizlik xizmati

Toshkent shahrida elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi noqonuniy harakatlarda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular tijorat banki filialida o‘rnatilgan elektr hisoblagich noto‘g‘ri ulanganini aniqlab, katta miqdorda jarima rasmiylashtirgan. Muhandislar ushbu jarimani kamaytirib berish evaziga elektr hisoblagichni tarmoqqa ulagan korxona rahbaridan $8 ming talab qilgan.

iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max maketlari paydo bo‘ldi: Dynamic Island kichrayadi

iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max maketlari paydo bo‘ldi: Dynamic Island kichrayadi
Foto: Ekran tasviri videodan

Internetda iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max modellari maketlari aks etgan video tarqaldi. Ushbu yangi smartfonlar 2026-yil sentabrda taqdim etilishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, eng asosiy o‘zgarishlardan biri Dynamic Island dizaynida bo‘ladi. U taxminan 25 foizga kichrayadi. Natijada uning eni 20 mm dan 15 mm atrofida bo‘ladi.

Yangi Chevrolet Camaro haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Yangi Chevrolet Camaro haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Camaro yangi avlodi haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Tarantas News xabariga ko‘ra, model ichki yonuv dvigatelini saqlab qoladi va mexanik uzatma bilan ham taklif qilinadi.

Yangi Camaro avtomat va 6 pog‘onali mexanik uzatma bilan chiqarilishi kutilmoqda. Bu esa klassik haydovchilik hissini yoqtiradigan muxlislar uchun muhim yangilik bo‘ldi.

Samarqandda 2 gektar yer uchun $490 ming pora so‘ragan shaxs ushlandi

Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora ustida qo‘lga olindi
Foto: Facebook

Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati xabar berishicha, ikki fuqaro 2 gektar yer maydonini sotishga uringan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular issiqxona uchun ajratilgan yer uchastkasini $490 mingga sotishni va tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun oldindan $50 ming talab qilingan.

O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 35 foizga oshdi

Davlat budjetiga gender va «yashil» budjetlash tamoyillari kiritildi
Foto: depositphotos

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston davlat budjeti daromadlarida barqaror o‘sish kuzatildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, hisobot davrida daromadlar 103 trln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yildagiga nisbatan 35 foizga oshdi.

Mahalliy budjetlarning moliyaviy imkoniyatlari ham kengaydi. Ular ixtiyorida qolgan mablag‘lar 21 foizga oshib, 2,2 trln so‘mga yetdi. Hududlarni qo‘llab-quvvatlash uchun respublika budjetidan yana 1,1 trln so‘m ajratildi.

Eng qimmat 2026 Chevrolet Equinox narxi 46,5 ming dollarga yetdi

Chevrolet Equinox 2026
Foto: Chevrolet

2026-yilgi Chevrolet Equinox modelining eng to‘liq komplektatsiyasi $46,5 minggacha baholandi. GM Authority yozishicha, bu narx RS AWD versiyasi uchun amal qiladi.

Mazkur model sport uslubiga yaqin dizayni bilan ajralib turadi. U qora rang elementlari va 20 dyuymli g‘ildiraklari bilan boshqalardan farq qiladi. Qo‘shimcha opsiyalar, masalan, maxsus bo‘yoq, lyuk va boshqa paketlar narxni oshiradi.

O‘zbekiston kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbon bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbon bo‘lishi mumkin
Foto: baki-baku.az

2026-yilgi kurash bo‘yicha jahon chempionati Bahraynda o‘tkazilmaydi. Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili musobaqa o‘tkaziladigan da’vogar mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham borligini bildirdi.

Dastlab chempionat 5 – 13-sentabr kunlari Manama shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Bahrayn uni o‘tkaza olmasligi ma’lum qilindi.