Sport

O‘zbekiston kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbon bo‘lishi mumkin

5 – 13-sentabr kunlari
O‘zbekiston kurash bo‘yicha jahon chempionatiga mezbon bo‘lishi mumkin
Foto: baki-baku.az

2026-yilgi kurash bo‘yicha jahon chempionati Bahraynda o‘tkazilmaydi. Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti Mixail Mamiashvili musobaqa o‘tkaziladigan da’vogar mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham borligini bildirdi.

Dastlab chempionat 5 – 13-sentabr kunlari Manama shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Bahrayn uni o‘tkaza olmasligi ma’lum qilindi.

Mamiashvili aytishicha, mezbonlik uchun bir nechta davlatlar ariza topshirgan. Ular orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, turnir katta qiziqish uyg‘otmoqda va ehtimol yangi mezbon Osiyo davlatlaridan biri bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning «Humo» xokkey klubi yangi moliyaviy hamkorlarni izlayotgani haqida xabar berilgandi. Variantlar orasida mahalliy va xorijiy, jumladan, Rossiya kompaniyalari ham koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Bahodir Gʻofurov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, klub hozirda «langar» homiy topishga harakat qilmoqda. Bir vaqtning oʻzida bir nechta investor jalb etilishi ham istisno qilinmadi. Shu bilan birga, potensial hamkorlar sanksiyalar roʻyxatida boʻlmasligi muhim shartlardan biri sifatida koʻrilmoqda.