
Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati xabar berishicha, ikki fuqaro 2 gektar yer maydonini sotishga uringan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular issiqxona uchun ajratilgan yer uchastkasini $490 mingga sotishni va tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun oldindan $50 ming talab qilingan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan biri pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurilish boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi qo‘lga olingandi. Ma’lum qilinishicha, mansabdorlar o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli Yangi Namangan tumanida joylashgan 2 qavatli noturar bino bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan.