
26-aprel kuni O‘zbekistonda asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublika bo‘yicha shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ayrim hududlarda u 13–18 m/s gacha kuchayadi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi 26–31 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28–30 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda harorat 17–22 daraja atrofida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 25-aprel kuni havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.