Yangiliklar

Andijonda 5,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda
Andijonda 5,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi
Foto: O‘zenergoinspeksiya

Andijon shahrida 5,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya ma’lum qildi.

Nazorat tadbiri davomida MChJga tegishli ishlab chiqarish sexi o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan holda faoliyat yuritgani aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 5 mlrd 461 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Namanganda 1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etilgani haqida yozgan edi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida oilaviy korxonaga qarashli beton-g‘isht ishlab chiqarish sexi noqonuniy faoliyat yuritgani ma’lum bo‘ldi. Korxona elektr tarmog‘iga hech qanday shartnomasiz o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga katta zarar yetkazilgan.