Yangiliklar

Netanyaxu Livandagi «Hizbulloh» nishonlariga zarba berishni buyurdi

Qaror mintaqadagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani fonida qabul qilingani aytilmoqda
Netanyaxu Livandagi «Hizbulloh» nishonlariga zarba berishni buyurdi
Foto: Shutterstock

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat armiyasiga Livandagi «Hizbulloh» harakati obyektlariga zarba berish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri devoni ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari kuchli zarbalarni amalga oshirishi kerak. Qaror mintaqadagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani fonida qabul qilingani aytilmoqda.

Avvalroq, 8-aprel kuni Isroil harbiylari Livan hududi bo‘ylab keng ko‘lamli zarbalar bergan edi. Harbiylar bu operatsiya aniq razvedka ma’lumotlari asosida va bir necha hafta davomida rejalashtirilganini bildirgan.

Hozircha zarbalar oqibatlari va talafotlar haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Mintaqadagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Isroil va Livan 33 yildan keyin ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazgani haqida yozgan edi.