Yangiliklar

Qo‘qon va Bekobodda noqonuniy alkogol va tamaki savdosi fosh etildi

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Qo‘qon va Bekobodda noqonuniy alkogol va tamaki savdosi fosh etildi
Foto: Departament

Qo‘qon va Bekobod shaharlarida noqonuniy alkogol va tamaki savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda savdo do‘konida aksiz markasiz mahsulotlar sotilayotgani aniqlandi. Tekshiruvda umumiy qiymati 288,2 mln so‘mlik 14 311 quti tamaki va 240 quti elektron tamaki mahsulotlari topildi. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bekobod shahrida ham shunga o‘xshash holat fosh etildi. Savdo do‘konida 619 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 208 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha mahsulotlar musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda 2 gektar yer uchun $490 ming pora so‘ragan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.