Yangiliklar

OpenAI GPT-5.5 va yangi Images 2.0 modelini taqdim etdi

Yangi model foydalanuvchi so‘rovlarini tezroq tushunadi
OpenAI GPT-5.5 va yangi Images 2.0 modelini taqdim etdi
Rasm: SI yordamida yaratilgan

OpenAI sun’iy intellekt sohasida yangi GPT-5.5 modelini taqdim etdi. Kompaniyaning yozishicha, u eng aqlli va tez ishlaydigan modellari qatoriga kiritildi.

Yangi model foydalanuvchi so‘rovlarini tezroq tushunadi va ko‘p vazifalarni mustaqil bajara oladi. U kod yozish, xatolarni tuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hujjatlar yaratishda yuqori natija ko‘rsatadi.

Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, GPT-5.5 oldingi modellarga qaraganda samaraliroq ishlaydi. U kamroq urinish va kamroq resurs bilan aniqroq natija beradi. Sinovdan o‘tgan mutaxassislar model murakkab tizimlarda kontekstni yaxshi saqlashini va xatolar sababini aniq topishini ta’kidladi.

Shuningdek, kompaniya Images 2.0 nomli yangi vizual modelni ham ishga tushirdi. U tasvir yaratishda «fikrlash» rejimiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta variantlarni ishlab chiqadi va natijani tekshiradi.

Images 2.0 murakkab sahnalar va detallarda aniqroq ishlaydi hamda turli yozuv tizimlarini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlaydi. Model ChatGPT, Codex va API orqali foydalanish uchun ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Amazon va OpenAI $38 milliardlik bitim imzolagandi. Ushbu hamkorlik orqali OpenAI Nvidia ishlab chiqargan ilg‘or chiplaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, OpenAI o‘zining ilk gadjetini joriy yilda taqdim etishni rejalashtirmoqda. Top-menejer bu qanday qurilma bo‘lishi yoki qachon sotuvga chiqarilishini aniq aytmadi. Lehane gadjetlar 2026-yilda OpenAI’ning asosiy rivojlanish yo‘nalishlaridan biriga aylanishini ta’kidladi.