Xavfsizlik

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi — video

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi
Foto: DXX

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida narkolaboratoriya fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar shaxs ushlangan. Ularning yonidan 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ular ushbu dorilarni tarqatish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Keyinroq ushbu guruhga aloqador yana bir shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan ham 500 dona shunday dorilar topildi. Tezkor tadbir davomida dorilar manbasi o‘rganildi. Natijada Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yana uch nafar shaxs ushlandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/04/narkolaboratoriya.mp4
Video: DXX

Ularning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, u yerda noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Hodisa joyidan 9 kg Pregabalin, 500 gramm Tropikamid, shuningdek 600 dona pregabalin dori vositalari va qadoqlash uskunalari olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tadbirkordan $63 ming talab qilgan amaldor qo‘lga olingani haqida yozgan edi.