
May oyida o‘zbekistonliklarni ketma-ket dam olish kunlari kutmoqda. Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolar bir necha kun davomida uzaytirilgan dam olish imkoniga ega bo‘ladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, quyidagi sanalar dam olish kuni sifatida belgilanadi:
- 9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
- 11-may (dushanba) — besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 28-may (payshanba) — Qurbon hayiti bayrami kuni (taxminiy);
- 29-may (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (taxminiy);
- 30-may (shanba) — olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (taxminiy).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda yana 18 ta yangi turizm ko‘chasi tashkil etilishi xabar qilingandi. Shuningdek, joriy yilda 500 ta yangi obyekt ishga tushadi va 7 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Davlat rahbari xizmatlar sifatini oshirish va yangi loyihalarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.