Yangiliklar

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,8 mln so‘mga yetdi

O‘tgan yilga nisbatan 17,4 foizga ko‘p
Foto: Skorzewiak / Depositphotos

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,8 mln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 17,4 foizga ko‘p.

Ma’lum bo‘lishicha, eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida qayd etildi. Bu yerda o‘rtacha maosh 11,7 mln so‘mga yetib, bir yilda 18,8 foizga oshgan. Shuningdek, Navoiy viloyatida 8,4 mln so‘m, Toshkent viloyatida 6,2 mln so‘m atrofida bo‘ldi.

Eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo (4,7 mln so‘m) va Surxondaryo (4,7 mln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Qolgan hududlarda esa 5,6 — 5 mln so‘m atrofida shakllangan.

Yuqori maoshli sohalar

Iqtisodiy faoliyat turiO‘rtacha ish haqi (mln so‘m)O‘sish sur’ati (%)
Sanoat8,02516,1
Qurilish6,57,2
Savdo7,210,4
Tashish va saqlash10,722,5
Yashash va ovqatlanish5,312,2
Axborot va aloqa16,511,0
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik18,618,2
Ta’lim4,614,2
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar4,113,0
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish5,410,0
O‘rtacha6,817,4

Bank va moliya sohasida ish haqi eng yuqori bo‘lib, 18,6 mln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sohada oylik 18,2 foizga oshgan. Shuningdek, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha 16,5 mln so‘m maosh to‘lanmoqda. Tashish va saqlash sohasida esa 10,7 mln so‘m daromad qayd etildi. Qolgan sohalarda esa oylik ish haqi 8–4,1 mln atrofida shakllangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nogironlik pensiyasini avtomatik tayinlash bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborilgandi. Loyihaga ko‘ra, fuqaroga nogironlik belgilangach, pensiya olish uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi. Tayinlash jarayoni raqamli tizimlar orqali avtomatik, ya’ni proaktiv tarzda amalga oshiriladi. Bu esa, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun byurokratik jarayonlarni sezilarli darajada kamaytiradi.