
Qozog‘istonning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish marosimi Ostonada o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Isroil prezidenti Isxak Gersog bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Tomonlar kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuv davomida Toqayev Ibrohim kelishuvlari mintaqada barqarorlikni mustahkamlashini ta’kidlagan. Shuningdek, ushbu kelishuvlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qozog‘iston rahbari mamlakat ushbu tashabbusga qo‘shilish niyatida ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy qo‘shilish marosimi yaqin kelajakda Ostonada o‘tkazilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ibrohim kelishuvlari (Abraham Accords) Isroil va 4 ta arab davlati o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘lib, mintaqadagi qo‘shnilar o‘rtasida tinchlik g‘oyasi va munosabatlarni normallashtirishni anglatadi.
Hujjat Trampning tashabbusi bilan uning birinchi prezidentlik davrida – 2020-yil 15-mayda Bahrayn, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida imzolangan. O‘sha yilning o‘zida Marokash va Sudan ham mazkur kelishuvga imzo chekkan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qozog‘istonda banklar o‘tkazmalar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga berishni boshlagani haqida yozgan edi.