Avto

Chevrolet kompaniyasi yangi avtomobilini taqdim etdi

Yangi Chevrolet S10 Trail Boss 2026-yilgi Agrishow ko‘rgazmasida jamoatchilikka namoyish etiladi
Chevrolet kompaniyasi yangi avtomobilini taqdim etdi
Foto: GMAutority / SI yordamida sayqallangan

General Motors (GM) Braziliyada yangi Chevrolet S10 Trail Boss modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Yangi model qiyin yo‘llarda harakatlanish uchun moslashtirilgan. U ko‘tarilgan suspenziya, maxsus shinalar va mustahkam dizayn bilan ajralib turadi. Old qismi 30 mm ga balandroq qilib sozlangan bo‘lib, bu ekstremal sharoitlarda harakatni osonlashtiradi.

Foto: Chevrolet

Model General Motors ning performance bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Muhandislar suspenziya va geometrik sozlamalarni yo‘ldan tashqarida yurish, qulaylik va xavfsizlik o‘rtasida muvozanat yaratish uchun qayta ishlagan.

Tashqi ko‘rinishda qora radiator panjarasi, qora bamperlar va kengaytirilgan g‘ildirak arkalari mavjud. 18 dyuymli all-terrain shinalar esa modelning off-road imkoniyatlarini oshiradi. Salon ham qoramtir aksentlar bilan bezatilgan. Pikap standart ravishda yukxona qoplamasi, sport bar va maxsus Trail Boss belgilariga ega. Bu elementlar modelning o‘ziga xosligini yanada kuchaytiradi.

Foto: Chevrolet

Yangi Chevrolet S10 Trail Boss 2026-yilgi Agrishow ko‘rgazmasida jamoatchilikka namoyish etiladi. Model tez orada sotuvga chiqishi kutilmoqda va 2027-yilgi liniyada muhim o‘rin egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker 2027 avtomobili namoyish etilgani haqida yozgan edi.