
Honor kompaniyasi yangi Watch 6 Plus aqlli soatini Xitoyda oldindan buyurtma qilish uchun taqdim etdi. ITHome nashri qurilmaning asosiy texnik imkoniyatlarini ma’lum qildi.
Soat barcha savdo kanallari orqali bron qilish uchun ochilgan bo‘lib, rasmiy taqdimot may oyi oxiriga rejalashtirilgan. Soatning asosiy xususiyatlaridan biri 1000 mA/soat sig‘imli Qinghai Lake akkumulyatori bo‘lib, u sanoatdagi eng yirik batareyalardan biri sifatida baholanmoqda. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, qurilma bir zaryadda 35 kungacha ishlashi mumkin.


Watch 6 Plus bir nechta rang variantlarida – ko‘k, kulrang, jigarrang va qora ranglarda taqdim etiladi. Qora rangdagi model uchun Youth Edition versiyasi ham ishlab chiqilgan.
Soat 120 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular orasida yugurish, badminton va futbol kabi sport turlari uchun kengaytirilgan funksiyalar mavjud. Shuningdek, qurilma sog‘liq holatini kuzatish, jumladan qon bosimi oshish xavfini baholash va uyqu apnesi belgilarini aniqlash imkoniyatiga ega. Unda sun’iy intellekt asosidagi yordamchi funksiyasi ham mavjud.


Rasmiy taqdimot 25-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sotuvlar 29-maydan boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei kompaniyasi avtomobil narxidagi olmos soatni taqdim etgan edi.