Avto

Audi E7X elektromobili qachondan sotuvga chiqadi

Yangi model yilning birinchi yarmida bozorga chiqadi
Audi E7X elektromobili qachondan sotuvga chiqadi
Foto: Audi

Audi kompaniyasi tomonidan Audi E7X elektromobili 8-maydan oldindan buyurtmaga chiqariladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Yangi model yilning birinchi yarmida bozorga chiqadi. U Advanced Digitised Platform platformasida yaratilgan. Avtomobil AI asosidagi Audi Assistant 2.0 tizimi bilan jihozlangan. E7X uzunligi 5 049 mm. Kengligi 2 002 mm, balandligi 1 710 mm. G‘ildirak bazasi 3 060 mmni tashkil etadi. Dizaynda halqa shaklidagi chiroqlar va LiDAR texnologiyasi qo‘llangan.

Foto: Audi

Salonida 59 dyuymli keng ekran mavjud. Tizim Qualcomm Snapdragon 8295 chipida ishlaydi. Multimedia, navigatsiya va OTA yangilanishlar qo‘llab-quvvatlanadi. Model bitta va ikkita motorli versiyada taklif etiladi. Bitta motor 300 kW quvvat beradi. Ikki motorli versiyada jami quvvat 500 kWga yetadi. 0 dan 100 km/soatgacha 3,97 soniyada tezlashadi.

Foto: Audi

Avtomobil 109 kWh CATL batareyasi bilan jihozlangan. Bir zaryadda 751 kmgacha yuradi. 900V tezkor zaryadlash tizimi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi E7X avtomobili poygada raqobatchilarini ortda qoldirgani haqida yozgan edi.