Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari haftasiga bir marta tozalanadi

Har bir uy uchun texnik pasport yuritiladi
2026-yilda 140 ming xonadonli uylar foydalanishga topshiriladi
Foto: Depositphotos

Adliya vazirligi ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yangi tartib bilan uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftasiga kamida bir marta tozalanishi shart.

Qoidalarga ko‘ra, boshqaruv organlari har bir uy uchun texnik pasport yuritadi. Ular konstruksiyalar, kameralar va domofonlarni soz holatda saqlashi kerak.

Uylarning umumiy hududlarida reklama va e’lonlar faqat mulkdorlar yig‘ilishi qarori bilan o‘rnatiladi. Shovqin darajasi esa sanitariya me’yorlaridan oshmasligi lozim.

Zaruratga qarab uylar va tutash hududlarda dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi. Agar yer ostida suv to‘planib qolsa, u 24 soat ichida chiqarib yuborilishi kerak.

Shuningdek, lift xonalari haftasiga bir marta tozalanadi va ularning texnik holati doimiy nazorat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 kun ichida respublika 335 ming tonna chiqindidan tozalangani haqida xabar berilgandi. 20 kun ichida 106 ta sanitar tozalash korxonasi ishga jalb qilinib, respublika bo‘yicha 54,4 mingta mahalla hududi tozalandi.