Gadjetlar

Moto G47 smartfoni rasman taqdim etildi

Yangi model o‘rta segmentda joylashgan
Moto G47 smartfoni rasman taqdim etildi
Foto: Motorola

Motorola kompaniyasi tomonidan yangi Moto G47 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Yangi model o‘rta segmentda joylashgan. U yangilangan dizayn va kuchliroq chip bilan chiqdi. Qurilma 6,67 dyuymli Full HD+ ekran bilan jihozlangan. Ekran yangilanish tezligi 120 Hzni tashkil etadi. Smartfon MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi. 8 GB tezkor xotira va 256 GBgacha ichki xotira mavjud. Xotirani 1 TBgacha kengaytirish mumkin.

Foto: Motorola

Asosiy kamera 108 MP sensor bilan keladi. U 3 karra yo‘qotishsiz zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qo‘shimcha makro kamera ham bor.

Batareya sig‘imi 5 200 mA/soatni tashkil etadi. Qurilmada stereo karnaylar, NFC va eSIM mavjud. Smartfon IP64 va MIL-STD-810H standartlari bo‘yicha himoyalangan. Model narxi 320 yevro atrofida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Motorola Razr 70 Ultra smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.