Yangiliklar

O‘zbekiston va Chexiya iqtisodiyot va sanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi
O‘zbekiston va Chexiya iqtisodiyot va sanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi / Foto: President.uz

Toshkentda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamda Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foto: President.uz

Shuningdek, uchrashuv doirasida qator muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi. Ular orasida iqtisodiyot va sanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy va texnologik aloqalarni kengaytirish, diplomatik kadrlarni tayyorlash masalalari alohida o‘rin oldi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz

Bundan tashqari, metrologiya laboratoriyasini birgalikda loyihalashtirish va tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, mazkur sohada ilmiy-innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, geologiya yo‘nalishidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda elektropoyezdlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar ham imzolandi. Ushbu bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkazilishi haqida xabar qilgan edik.