Banklar va moliya

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uch oyda 13 foizga oshdi

2026-yil boshidan pul o‘tkazmalari hajmi $3,8 mlrd
valyuta ayirboshlash
Foto: Adobe stock

2026-yil boshidan (yanvar-mart) O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi $3,8 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga ko‘p.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarida mo‘tadil o‘sish kuzatilmoqda. Yilning dastlabki uch oyida ko‘rsatkichlar barqaror oshgan.

Ekran tasviri / Markaziy bank

Shuningdek, aholining valyuta sotishi va xaridi o‘rtasidagi ijobiy farq $2,9 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 14 – 16 foizga oshishi kutilayotgani ma’lum qilingandi. 2025-yil yakunida ushbu ko‘rsatkich $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bu 2024-yildagi $14,9 mlrdga nisbatan 28 foizga ko‘p.

Bunga asosiy sabab migrantlarni qabul qiluvchi davlatlarda ishchi kuchiga talab yuqori bo‘lib qolayotgani sifatida qayd etilgan. Ish haqlari darajasi ham yuqori saqlanmoqda.