Yangiliklar

Samsung kompaniyasining foydasi birinchi chorakda 750 foizdan oshdi

Operatsion foyda $38,3 mlrdga yetgan
Samsung kompaniyasining foydasi birinchi chorakda 750 foizdan oshdi
Foto: Smith Collection / Getty Images

Samsung kompaniyasining foydasi joriy yil birinchi chorakda 750 foizdan ortiq o‘sdi. Bu haqda CNBC nashri xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya daromadi 133,9 trln von ($89,96 mlrd)ni tashkil etdi. Operatsion foyda esa 57,2 trln von ($38,3 mlrd)ga yetdi. Bu prognozlardan yuqori natija bo‘lib, o‘sishga sun’iy intellekt bilan bog‘liq chiplar talabi sabab bo‘lmoqda. Xotira chiplariga bo‘lgan talab oshgani narxlarni ko‘tardi. Natijada, kompaniya daromadi keskin ortdi.

Samsung kompaniyasining chiplar bo‘limi asosiy daromad manbaiga aylandi. U umumiy foydaning 90 foizidan ortig‘ini ta’minladi. Kompaniya yil davomida ham kuchli o‘sish kutayotganini bildirdi. Tahlilchilar 2026-yil Samsung uchun eng muvaffaqiyatli yil bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung yangi aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etishi kutilayotgani haqida yozgan edi.