Yangiliklar

Texasda tornado, Yamalning yangi ma’shuqasi, elektr va gazni o‘chirishga taqiq — 30-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Texasda tornado, Yamalning yangi ma’shuqasi, elektr va gazni o‘chirishga taqiq — 30-aprel kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: UzAirports
Foto: Abdel Majid Bziouat / AFP / Getty Images

FIFA afg‘onistonlik ayollarga milliy terma jamoa safida o‘ynashga ruxsat berdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Vankuverdagi yig‘ilishida afg‘onistonlik ayol futbolchilarga rasmiy musobaqalarda milliy terma jamoa sifatida ishtirok etishga ruxsat beruvchi qoidaga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Tolibon 2021-yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng mahalliy federatsiya o‘z sportchilarini tan olishdan bosh tortgan va o‘nlab futbolchilar mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan edi. Yangi qoida FIFA kengashiga istisno tariqasida o‘yinchilarni kamsitishlardan himoya qilish va terma jamoani mustaqil tasdiqlash vakolatini beradi.

Davomi…

Samarqand va Toshkentda noqonuniy gaz va elektrdan foydalanish holatlari aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi

Elektr va gazni o‘chirish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi

Elektr va gazni o‘chirish hisobidan tejashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2026-yilda energiya samaradorligini oshirish va tejash bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab yangi quriladigan va ta’mirlanadigan davlat obyektlari energiya samaradorligi bo‘yicha kamida «C» toifasiga ega bo‘lishi shart.

Davomi…

Foto: Hisham F. Ibrahim / Getty Images

Eron urushining haqiqiy xarajati qancha

Joriy haftada Pentagon rasmiylari Kongressda Eron bilan bo‘layotgan urushning hozirgi kungacha bo‘lgan xarajatlarini $25 mlrd deb e’lon qildi. Ammo haqiqiy yo‘qotishlar miqdori $40 – 50 mlrd atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Urushning dastlabki kunlaridayoq Eron tomonidan berilgan zarbalar natijasida atigi 48 soat ichida Fors ko‘rfazidagi kamida to‘qqizta Amerika harbiy obyekti zarar ko‘rgan. Ular qatorida Bahrayn, Kuvayt, Iroq, BAA va Qatardagi AQSh harbiy bazalari mavjud.

Davomi…

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo hajmi 1 mlrd dollarga yetkaziladi

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo hajmi $1 mlrdga yetkaziladi. Bu haqda Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Andrey Babish o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda ma’lum qilindi.

Unda tomonlar savdo hajmini oshirish va uni $1 mlrdga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda Chexiyada O‘zbekistonning birinchi sertifikatlash markazi filiali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Davomi…

Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar yagona reyestri joriy etiladi
Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar yagona reyestri joriy etiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Tadbirkorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar yagona reyestri joriy etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyoz va preferensiyalar yagona reyestri joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha yagona reyestrni shakllantirish hamda uni doimiy yangilab borish mexanizmlarini belgilaydi.

Davomi…

Курс доллара на 1 мая
Фото: Pexels

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uch oyda 13 foizga oshdi

2026-yil boshidan (yanvar – mart) O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmi $3,8 mlrdni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga ko‘p.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarida mo‘tadil o‘sish kuzatilmoqda. Yilning dastlabki uch oyida ko‘rsatkichlar barqaror oshgan.

Davomi…

tornado
Foto: AP / Julio Cortez

Texasdagi tornado oqibatida besh kishi jarohatlandi va binolar vayron bo‘ldi

AQShning Texas shtatiga qarashli Mineral Uells shahrida yuz bergan kuchli tornado tufayli sanoat binolari vayron bo‘ldi va kamida besh kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda.

Dallasdan 130 km g‘arbda joylashgan shaharda shamol tezligi soatiga 193 km yetgan. Hududda qariyb 15 ming kishi istiqomat qiladi. Tarmoq uzilishlarini kuzatuvchi saytlar chorshanba kuni Texas bo‘ylab 9 mingdan ortiq, xususan, ofat hududida 230 ga yaqin obunachilar elektr ta’minotisiz qolganini ko‘rsatgan.

Davomi…

2026-yilda 140 ming xonadonli uylar foydalanishga topshiriladi
Foto: Depositphotos

Ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari haftasiga bir marta tozalanadi

Adliya vazirligi ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yangi tartib bilan uylarning kirish yo‘laklari va zinapoyalari haftasiga kamida bir marta tozalanishi shart.

Qoidalarga ko‘ra, boshqaruv organlari har bir uy uchun texnik pasport yuritadi. Ular konstruksiyalar, kameralar va domofonlarni soz holatda saqlashi kerak.

Davomi…

Foto: Mundo Deportivo

Lamin Yamal ispaniyalik model bilan uchrashmoqda — Mundo Deportivo

«Barselona» klubining vingeri Lamin Yamal ispaniyalik bloger va model Ines Garsia o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlangani aytilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, munosabatlar haqidagi taxminlar Lamin Yamalning yaqin do‘sti Souhaib tomonidan tasodifan aytib yuborilgan so‘zlardan so‘ng kuchaygan. U Kings Ligasi o‘yini vaqtidagi guruh qo‘ng‘irog‘ida Ines Garsianing ismini tilga olib qo‘ygan.

Davomi…