Yangiliklar

Texasdagi tornado oqibatida besh kishi jarohatlandi va binolar vayron bo‘ldi

Mineral Uells shahridagi tabiiy ofat sababli favqulodda holat va komendantlik soati joriy etildi
Foto: AP / Julio Cortez

AQShning Texas shtatiga qarashli Mineral Uells shahrida yuz bergan kuchli tornado tufayli sanoat binolari vayron bo‘ldi va kamida besh kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar bermoqda.

Foto: AP / Julio Cortez

Dallasdan 130 km g‘arbda joylashgan shaharda shamol tezligi soatiga 193 km yetgan. Hududda qariyb 15 ming kishi istiqomat qiladi. Tarmoq uzilishlarini kuzatuvchi saytlar chorshanba kuni Texas bo‘ylab 9 mingdan ortiq, xususan, ofat hududida 230 ga yaqin obunachilar elektr ta’minotisiz qolganini ko‘rsatgan.

Foto: AP / Julio Cortez

«Bu yerdagi vayronagarchiliklarni ko‘rib, bunga ishonish qiyin», – dedi shahar meri Regan Jonson qurbonlar yo‘qligini ta’kidlar ekan.

Foto: AP / Julio Cortez

Ventamatic kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari jiddiy zarar ko‘rgani sababli o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan. O‘tgan haftada Janub va O‘rta G‘arb hududlarida yuz bergan qator bo‘ronlar oqibatida Texasda ikki, Michiganda esa bir kishi halok bo‘lgan.

Foto: AP / Julio Cortez

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Amerikaning Florida shtatiga to‘fon yopirilgani haqida xabar bergan edi.