Yangiliklar

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

Bank mobil ilovalari orqali ham xizmatlar amalga oshiriladi
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin / Foto: Depositphotos

2-3-may kunlari 20 tadan ortiq tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari ham quyidagi banklar valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda:

Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida bankka tashrif buyurmasdan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni tashkil qiladi.