

O‘zbekistonda 12 jarima ballidan oshgan ilk haydovchi aniqlandi
O‘zbekistonda yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzib, 12,5 jarima balli to‘plagan birinchi haydovchi aniqlandi. Uning ishi ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborilmoqda. Bu haqda Davlat YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston Škoda kompaniyasidan 10 ta elektropoyezd xarid qiladi
O‘zbekiston temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish doirasida Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi bilan 10 ta elektropoyezd xaridi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

«Real Sanjik» ishi: prokuror 5 yil qamoq so‘radi
1-may kuni bo‘lib o‘tgan Sanjar Karimov («Real Sanjik»)ga oid sud majlisida davlat ayblovchisi sudlanuvchiga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 500 BHM miqdorida (206 mln so‘m) jarima tayinlashni so‘radi. Bu haqda sud majlisida qatnashgan Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Endi har bir ko‘p qavatli uylar hududida bolalar maydonchasi bo‘lishi shart
Ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarda bolalar maydonchalari va zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish talablari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

AQShning Spirit Airlines aviakompaniyasi faoliyatini to‘xtatdi
AQShning budjet aviakompaniyasi Spirit Airlines hukumat bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, faoliyatini zudlik bilan to‘xtatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Eron 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi — Infantino
FIFA prezidenti Janni Infantino Vankuverdagi kongressda Eron terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini rasman tasdiqladi. Eron terma jamoasi AQSh hududida rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida ish vaqti uzaytirildi
Endi Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar ertalab 05:00 dan boshlab harakatlanadi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.

Ko‘p qavatli uylarda uy hayvonlarini saqlash bo‘yicha taqiq belgilandi
Ko‘p qavatli uy-joylarda uy hayvonlarini saqlash va umumiy foydalanishdagi joylardan foydalanish tartibiga yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Chexiya iqtisodiyot va sanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi
Toshkentda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamda Chexiya Respublikasi bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Eron urushining haqiqiy xarajati qancha
Joriy haftada Pentagon rasmiylari Kongressda Eron bilan bo‘layotgan urushning hozirgi kungacha bo‘lgan xarajatlarini $25 mlrd deb e’lon qildi. Ammo haqiqiy yo‘qotishlar miqdori $40 – 50 mlrd atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.