
5-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar 28-aprel kuni 52,48 so‘mga oshib, 12 072,96 so‘mni tashkil qildi. 29-aprel kuni esa 43,76 so‘mga tushib, 12 029,20 so‘mga, 30-aprel kuni 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni, 1-may kuni esa yana 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mga tenglashdi. 4-may kuni dollar kursi 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni qayd etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 32,27 so‘mga oshib, 14 054,02 so‘mni, rubl esa 0,96 so‘mga tushib, 158,52 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.