Yangiliklar

Oq uy yaqinida otishma yuz berdi

Hodisa vaqtida Oq uy vaqtincha yopildi
Foto: thehotelwashington.com

4-may kuni Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bir kishini yaralagan, uning holati hozircha noma’lum. Bu haqda AQSh Maxfiy xizmati xabar berilmoqda.

Otishma 15-ko‘cha va Mustaqillik prospekti chorrahasida, Vashington monumenti yaqinida yuz bergan. Bu joy prezident qarorgohidan taxminan 1 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa sababli Oq uy vaqtincha yopilgan va ko‘chadagi jurnalistlar xavfsizlik maqsadida brifing zaliga olib kirilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp bu vaqtda kichik biznes vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda nutq so‘zlayotgan bo‘lgan va o‘z chiqishini to‘xtatmagan.

Kolumbiya okrugi o‘t o‘chirish va tez yordam departamenti shifokorlari bir katta yoshli erkakni kasalxonaga yetkazgan. Shuningdek, yengil jarohat olgan bir o‘smirga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan. Politsiya voqea joyini o‘rab olgan va tekshiruv ishlarini boshlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp ishtirok etayotgan tadbirda otishma yuz bergani haqida xabar bergan edi.