
2026-yilning I choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 4 foizga oshib, $18 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagi $17,3 mlrd bilan solishtirilganda taxminan 4,0 foizga o‘sish qayd etilgan.
2026-yilgi ilk chorakdagi hamkor TOP – 10 davlatlar orasida Xitoy ($4,6 mlrd), Rossiya ($3,3 mlrd) va Qozog‘iston ($1,3 mlrd) yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarda Turkiya ($653,4 mln), Afg‘oniston ($508 mln), Fransiya ($488,9 mln), Koreya Respublikasi ($463,6 mln), BAA ($458,7 mln), Turkmaniston ($357,5 mln) va Germaniya ($304,8 mln) qayd etilgan.

2025-yilning ilk choragida yirik hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasida Xitoy yetakchi bo‘lib, ko‘rsatkich $3 mlrdni tashkil etdi. Rossiya bilan savdo hajmi $2,5 mlrd bo‘ldi. Qozog‘iston bilan aylanma $1 mlrdni, Turkiya bilan esa $607,6 mlnni qayd etdi. Koreya Respublikasi bilan savdo $413,6 mln, Afg‘oniston bilan $402,8 mlnni tashkil etdi.
Yevropa davlatlari orasida Fransiya bilan savdo $349,8 mln, Germaniya bilan $336,8 mln, Shveysariya bilan $282,2 mln bo‘ldi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan aylanma $243,1 mlnni, AQSh bilan $236,6 mlnni tashkil qildi. Belarus bilan savdo hajmi $173,9 mln, Qirg‘iz Respublikasi bilan $155,5 mln, Tojikiston bilan $143,9 mln bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 324 mingdan oshgani haqida xabar qilgan edik.