
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva mamlakatga tashrif bilan kelgan Malayziya qirolichasi Raja Zarith Sofiah bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyeva Telegram sahifasida e’lon qilindi.

Suhbat davomida mehmon o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, amaliy san’at namunalari hamda milliy liboslar bilan tanishtirildi. Shuningdek, O‘zbekistonning qadimiy an’analari va urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ziroat Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarini ochgani haqida yozgandi.