Yangiliklar

Samarqandda 1,4 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortish orqali
Aholi mart oyining ikkinchi yarmida tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi
Samarqandda 1,4 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi / Foto: Fo-energie

Samarqand tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlanib, katta miqdordagi zarar hisoblab chiqildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.

Gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari, prokuratura ishchi guruhi hamda «O‘zenergoinspeksiya» hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «O‘rta Arabxona» MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etildi.

Tekshiruv davomida uning xonadonida hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortilgani va ushbu yo‘l bilan tabiiy gaz metall eritish jarayonida ishlatilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, qariyb 1,4 mlrd so‘m miqdoridagi tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Shuningdek, to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish aniqlangan edi.