Yangiliklar

Dollar 12 100 so‘mga yaqinlashdi: 7-may uchun valyutalar kursi

6-may kuni dollar 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni tashkil qildi
Курс доллара вырос на 32 сума на 9 апреля
Foto: Colin Watts / Unsplash

7-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 30-aprel kuni 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni, 1-may kuni esa yana 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mga tenglashdi. So‘ng kurs ko‘tarildi. 4-may kuni dollar 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni, 5-may kuni 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni va 6-may kuni yana 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 147,17 so‘mga oshib, 14 218,67 so‘mni, rubl esa 1,24 so‘mga oshib, 160,86 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.