Yangiliklar

41 nafar fuqaro Erondan O‘zbekistonga qaytarildi

Turkmaniston orqali tranzit tarzda
Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonlik bir guruh vatandoshlar Eron hududidan Turkmaniston orqali tranzit tarzda vatanga olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ashxobod va Tehron shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalar Turkmaniston idoralari bilan hamkorlikda barcha tashkiliy masalalarni qisqa muddatda hal qilgan. Natijada 41 nafar fuqaro chegaradagi maxsus punktlarda kutib olinib, ularning xavfsiz ravishda uyiga yetib kelishi ta’minlangan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, xorijdagi har bir O‘zbekiston fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri AQShdan 26 nafar o‘zbekistonlik vatanga deportatsiya qilingani haqida yozgandi.