Yangiliklar

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni qancha

Eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 28 nafar
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul mukofoti beriladi
O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni qancha / Foto: Facebook

2026-yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘yicha jami 60 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar shaxslar istiqomat qilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtda 28 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 3 nafardan istiqomat qilmoqda.

Qolgan hududlarda bu ko‘rsatkich nisbatan kam. Jumladan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2 nafardan, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan urush qatnashchilari mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa bunday toifadagi fuqarolar qayd etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, toifalar kesimida 14 nafari urush nogironlari, yana 14 nafari bevosita urush qatnashchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, 13 nafar fuqaro Leningrad qamali qatnashchilari, 19 nafari esa konslager tutqunlari toifasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 30 million so‘mdan pul berilishi haqida yozgan edik.