Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 uchun One UI 8.5 yangilanishi chiqarildi

Yevropada
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi Galaxy S26 smartfonlari uchun One UI 8.5 tizimining yangi versiyasini Yevropada tarqatishni boshladi. Bu haqda Tarun Vats xabar berdi.

Yangilanish avval Janubiy Koreyada chiqarilgan edi. Endilikda u boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich paydo bo‘lmoqda.

Yangi versiya S948BXXU2AZDE va S948BOXM2AZDE raqamlari bilan chiqdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangilanishda tizimning umumiy barqarorligi va ishlash ishonchliligi yaxshilangan.

Xavfsizlik darajasi esa o‘zgarmagan. Smartfonlarda 2026-yil aprel oyidagi xavfsizlik patchi saqlab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung kompaniyasining foydasi birinchi chorakda 750 foizdan oshgani xabar qilingandi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya daromadi 133,9 trln von ($89,96 mlrd)ni tashkil etdi. Operatsion foyda esa 57,2 trln von ($38,3 mlrd)ga yetdi. Bu prognozlardan yuqori natija bo‘lib, o‘sishga sun’iy intellekt bilan bog‘liq chiplar talabi sabab bo‘lmoqda. Xotira chiplariga bo‘lgan talab oshgani narxlarni ko‘tardi. Natijada, kompaniya daromadi keskin ortdi.