Yangiliklar

Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi bir qator poyezdlar jadvali o‘zgardi

5 – 6-may kunlaridan boshlab
Toshkent–Andijon yo‘nalishidagi ba’zi poyezdlar qatnovi to‘xtatildi
Foto: Transport vazirligi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ 5 – 6-may kunlaridan boshlab ayrim poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilganini ma’lum qildi.

O‘zgarishlar Buxoro, Qarshi, Toshkent, Termiz, Qo‘ng‘irot, Xiva, Andijon, Olot va boshqa yo‘nalishlardagi poyezdlarga taalluqli. Ayrim poyezdlar bekatlarga oldinroq yetib keladi, ayrimlari esa kechroq harakatlanadi.

Jumladan, 5-maydan boshlab:

Poyezd yo‘nalishiYangi jadval / o‘zgarish
711/703 Buxoro/Qarshi – ToshkentBuxoro 05:21 — Toshkent 12:09. Buxorodan 4 daqiqa kech jo‘naydi. Jizzaxdan 19 daqiqa, Gulistondan 8 daqiqa kech harakatlanadi. Toshkentga 8 daqiqa kech yetib keladi.
712 Toshkent – BuxoroSamarqandgacha eski jadval bo‘yicha. Buxoroga 02:27 da yetadi.
79/81 Termiz/Sariosiyo – ToshkentJizzaxgacha eski jadval bo‘yicha. Toshkentga 09:40 da yetadi.
54 Toshkent – Qo‘ng‘irotQo‘ng‘irotga 10:14 da yetadi. Samarqandga 7 daqiqa oldin, Buxorodan 24 daqiqa oldin jo‘naydi. Nukusga 29 daqiqa oldin yetadi. Qo‘ng‘irotga 43 daqiqa oldin kirib keladi.
53 Qo‘ng‘irot – ToshkentQo‘ng‘irot 12:35 — Samarqand 02:52 – 03:20. Buxorodan 6 daqiqa, Navoiydan 3 daqiqa oldin jo‘naydi.
126/75 Xiva – Andijon/ToshkentXiva 15:25 — Samarqand 00:45 – 01:30. Xiva va Buxorodan 10 daqiqa kech harakatlanadi.
125/76 Andijon/Toshkent – XivaXivaga 13:33 da yetadi. Xivaga 18 daqiqa kech kirib keladi. Ayrim bekatlardan 29 – 52 daqiqa oldin jo‘naydi.
71 Olot – Toshkent JanubiyOlot 20:58 — Samarqand 02:21 – 02:45. Keyin eski jadval bo‘yicha.
56 Toshkent – XivaXivaga 11:52 da yetadi. Buxorodan 10 daqiqa oldin jo‘naydi. Urganchga 15 daqiqa kech yetadi.
57 Shovot – ToshkentShovot 18:16 — Samarqand 03:53 – 04:10. Keyin eski jadval bo‘yicha.
127 Andijon – Qo‘ng‘irotQo‘ng‘irotga 20:33 da yetadi. Nukusga 10 daqiqa kech kirib keladi.
359 Xo‘jand – VolgogradNavoiyda 00:35 – 01:06 to‘xtaydi. Keyin eski jadval bo‘yicha harakatlanadi.
98/94 Toshkent yo‘lovchi – AndijonNamangangacha eski jadval bo‘yicha. Andijonga 14:16 da yetadi.
6454 Toshkent – XovosToshkent 19:00 — Xovos 22:51.
6313 Andijon – Qo‘qonAndijon 17:08. Keyin eski jadval bo‘yicha.
6316 Buxoro – QarshiBuxoro 16:00 — Qarshi 19:05.
6318 Qarshi – ShahrisabzQarshi 19:30 — Shahrisabz 21:42.

Bundan tashqari, 6-may sanasidan boshlab:

Poyezd yo‘nalishiYangi jadval / o‘zgarish
72 Toshkent – OlotToshkentdan Samarqandgacha eski jadval bo‘yicha harakatlanadi. Samarqand 02:21 – 03:00. Olotga 08:45 da yetadi. Poyezd Olotga 54 daqiqa oldin kirib keladi.
55 Xiva – ToshkentXiva 18:30 — Samarqand 03:53 – 04:10. Keyin eski jadval bo‘yicha harakatlanadi. Xivadan 30 daqiqa, Urganchdan 20 daqiqa, Buxorodan 9 daqiqa kech jo‘naydi. Umumiy yo‘l vaqti 30 daqiqaga qisqargan.

Yo‘lovchilarga safar oldidan poyezdlar jadvalini oldindan tekshirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida ish vaqti uzaytirilgandi. Endi Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar ertalab 05:00 dan boshlab harakatlanadi.