Sport

Husanov van Daykga qarshi. O‘zbekiston termasi Niderlandiya bilan o‘ynaydi

Fabio Kannavaro shogirdlari 8-iyun kuni Nyu-Yorkda o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida maydonga tushadi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi bahs 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi «Icahn Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanishi belgilangan. Ushbu o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun mundial oldidan so‘nggi sinov vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, jamoa tayyorgarlik bosqichi doirasida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. O‘zbekiston vakillari 1-iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston xalqaro o‘rtoqlik turnirida Misrni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edi.