Yangiliklar

O‘zbekistonda xususiy maktablar soni bir yilda 96 taga ko‘paydi

Eng ko‘p xususiy maktab Toshkent shahrida — 145 ta
O‘zbekistonda xususiy maktablar soni bir yilda 96 taga ko‘paydi / Foto: Facebook

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni bir yil ichida 96 taga ko‘payib, 551 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 21,1 foizga oshganini ko‘rsatadi. Hududlar kesimida eng ko‘p nodavlat umumta’lim tashkilotlari Toshkent shahrida — 145 ta hamda Farg‘ona viloyatida — 121 ta qayd etilgan.

Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Shuningdek, Samarqand viloyatida 43 ta, Andijon va Namangan viloyatlarida 37 tadan, Buxoro viloyatida 32 ta, Qashqadaryo viloyatida 31 ta, Toshkent viloyatida 30 ta, Xorazm viloyatida 26 ta, Sirdayo viloyatida 17 ta, Jizzax viloyatida 12 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 ta, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida esa 5 tadan nodavlat maktab faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablardagi «aqlli» kameralar sinov tariqasida o‘rnatilayotganini bildirgan edi.