Sport

PSJ qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi

Parijliklar «Bavariya» bilan Myunxendagi durangdan so‘ng umumiy 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga chiqdi
Foto: UEFA

Parijning PSJ klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsida «Bavariya» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, finalga yo‘llanma oldi. Umumiy natijaga ko‘ra parijliklar 6:5 hisobida ustunlik qildi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Xvicha Kvaratsxeliyaning uzatmasidan so‘ng Usmon Dembele hisobni ochdi — 0:1. Mezbonlar o‘yin oxirida muvozanatni tiklashga erishdi. 90+4-daqiqada Alfonso Devisning pasini Harri Keyn golga aylantirdi — 1:1. Biroq bu natija myunxenliklarga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tkazish uchun yetarli bo‘lmadi.

Бавария — ПСЖ. Обзор матча Лиги чемпионов. 06.05.2026

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi dastlabki bahsda 5:4 hisobida «PSJ» g‘alaba qozongan edi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Parij klubi Angliyaning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yevropaning eng nufuzli klublar turniri g‘olibini aniqlab beruvchi bahs 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.

Foto: UEFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Arsenal» «Atletiko»ni minimal hisobda mag‘lub etib, YChL finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.