
O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram oldi ish kuni qisqartiriladi. Shu sababli 8-may kuni xodimlar odatdagidan bir soat oldinroq ishni yakunlashlari mumkin.
Bu tartib Mehnat kodeksining 187-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra bayram arafasidagi ish kuni kamida bir soatga kamaytiriladi.
Biroq ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etadigan yoki ish vaqtini qisqartirish imkoniyati bo‘lmagan tashkilotlarda ortiqcha ishlangan vaqt keyinchalik qo‘shimcha dam olish vaqti yoki qo‘shimcha haq to‘lash orqali qoplanadi.
Ma’lumot uchun, 9-may, shanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 10-may, yakshanba kuni esa barcha uchun odatiy dam olish kuni bo‘lib qoladi. 11-may, dushanba kuni haftasida 5 kun ishlovchilar uchun 9-maydan ko‘chirilgan dam olish kuni sifatida belgilanadi. Biroq haftasida 6 kun ishlovchilar uchun 11-may odatiy ish kuni bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri may oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi.