
Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan yo‘l oldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Rossiyada o‘tkazilayotgan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat yetakchisi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilib, ularni bayram bilan tabriklagan edi.