Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gul qo‘ydi — foto

Prezident Ikkinchi jahon urushi hamda mustaqillik yillarida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Foto: president.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan marosimda ishtirok etdi. Davlat rahbari «Matonat madhiyasi» yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: president.uz
Foto: president.uz
Foto: president.uz

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonning qariyb 2 million aholisi ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan va 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan. Urush yillarida mamlakatga 1,5 millionga yaqin inson, jumladan, 250 ming yetim bola ko‘chirib keltirilgan. O‘zbekistonlik 214 ming askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan.

Foto: president.uz

Davlat rahbari o‘z nutqida milliy birlik va hamjihatlikni saqlashning muhimligini ta’kidladi. «Mana shunday murakkab vaziyatda milliy birlik va hamjihatlikni saqlash – eng katta kuch, eng katta boylik ekanini hayotning o‘zi yana bir bor tasdiqlamoqda», — dedi davlat rahbari.

Foto: president.uz

Prezident, shuningdek, «Millat fidoyilari» xiyobonida bo‘lib, mamlakat himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan 196 nafar harbiy xizmatchi va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ushbu majmuani 2025-yilda 650 mingga yaqin kishi ziyorat qilgan.

Foto: president.uz

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradidagi ishtiroki haqida xabar bergan edi.