
UEFA Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasida hal qiluvchi o‘yinlarda qatnashadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Har uchala turnir finalida ham bittadan ingliz jamoasi o‘ynaydi.

Chempionlar ligasi finalida Fransiyaning PSJ hamda Angliyaning «Arsenal» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. PSJ yarim finalda Germaniyaning «Bavariya» klubini umumiy 6:5 (5:4, 1:1) hisobida mag‘lub etdi. «Arsenal» esa Ispaniyaning «Atletiko Madrid»ini umumiy 2:1 (1:1, 1:0) hisobida ortda qoldirdi. Hal qiluvchi bahs 2026-yil 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi finalida Germaniyaning «Frayburg» va Angliyaning «Aston Villa» jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib boradi. «Frayburg» yarim finalda Portugaliyaning «Braga» jamoasini umumiy 4:3 hisobida yutdi. «Aston Villa» esa o‘z vatandoshi «Nottingem Forest» ustidan 4:1 (0:1, 4:0) hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Ushbu turnir finali 2026-yil 20-may kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi «Beshiktosh Park» arenasida o‘tkaziladi.

Konferensiyalar ligasi finalida Angliyaning «Kristal Pelas» va Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klublari ro‘baro‘ kelishadi. «Kristal Pelas» Ukrainaning «Shaxtyor Donetsk» jamoasini mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ilk yevrokubok finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. «Rayo Valyekano» esa Fransiyaning «Strasbur» klubidan ustun keldi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026-yil 27-may kuni Germaniyaning Leypsig shahridagi «Leypsig Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kusiv Uzbekistan PSJ qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.