Yangiliklar

Har haftada shu bo‘lar takror: poytaxt ko‘chalarini yana suv bosdi

FVV vaziyatni nazoratga olganini bildirdi
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

10-may kuni kun davomida kuzatilgan yog‘ingarchilik kechga kelib ya’ni 20:30 lar atrofida selga aylandi. Natijada poytaxtning ayrim joylarida yana suv sathi yuqoriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ba’zi serqatnov yo‘llarida suv hajmi ko‘proq to‘planib qolgan videolar tarqaldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/video_2026-05-10_22-59-38.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/video_2026-05-10_22-59-46.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/video_2026-05-10_22-59-56.mp4

Bundan roppa-rosa bir hafta oldin, 3-may kuni kechqurun soat 20:00 atrofida yopirilgan kuchli yomg‘ir Toshkent ko‘chalarini daryoga aylantirgandi. Shahar infratuzilmasi navbatdagi sinovga duch kelgandi.

Yog‘ingarchilik nafaqat yo‘llarni, balki strategik obyektlarni ham chetlab o‘tmadi. Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» metro bekatini suv bosdi, tuman hokimiyati esa vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Kuchli jala oqibatida qator mahallalarda elektr ta’minoti 2 soatdan ortiq vaqtga uzilib qoldi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator mavzelarda ham o‘chishlar kuzatildi.

Hali-hanuz kuchli yomg‘ir yog‘ishi Toshkentning past qismda joylashgan hududlarning suv ostida qolishi orqali tizimli drenaj muammolari hali ham dolzarb ekanini ko‘rsatmoqda. 

«Ayni vaqtda poytaxtimiz hududida kuchli yomg‘ir kuzatilmoqda. Vazirlik va kommunal xizmatlar tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Shaharning ayrim hududlarida suv to‘planishi holatlari yuz bersa, maxsus texnika va qutqaruv kuchlari tezkor ravishda jalb etilmoqda», — deya ma’lum qildi FVV.