
O‘zbekistonda urush va mehnat faxriylarining hayot yo‘li hamda xotiralarini jamlagan «Xotira nuri» loyihasining ikkinchi jildi nashrdan chiqdi. Loyiha O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Kitobda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida xizmat qilgan insonlarning xotiralari jamlangan. Yangi jild uchun materiallar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan respublika bo‘ylab yig‘ilgan.
Loyiha doirasida nafaqat kitob chop etildi, balki G‘alaba bog‘i hududida «Xotira nuri» memorial makoni ham tashkil qilindi. Shuningdek, onlayn platforma va QR-kodlar orqali faxriylarning hikoyalari keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan madaniy hamkorlikni muhokama qilgani haqida yozgandi.